O‘zbekiston | 10:34 / 07.01.2022
30867
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi, yana o‘lim holatlari ro‘y bera boshladi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni keskin ortdi, 9 kundan so‘ng ilk o‘lim holati qayd etildi.

Foto: Kun.uz

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 6 yanvar kuni respublikada 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan so‘ng ilk o‘lim holati qayd etildi.

«2022 yil 6 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 758 (+251) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 9 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 47 nafari Toshkent viloyatida,
  • 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 11 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 13 nafar,
  • Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196851 (+93) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1 488 nafarni tashkil qildi. Dekabr oyi oxirlarida O‘zbekistonda kovid bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘xtagan - so‘nggi o‘lim 9 kun avval qayd etilgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 100dan kamaygan va 5 yanvargacha kunlik holatlar 100dan oshmagan, 5 yanvar kuni esa koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 146ta holat aniqlangan edi.

Mavzuga oid