London gipertovushli raketa ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
O‘tgan yil dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Tsirkon" gipertovushli raketalari sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi.
Rossiyada gipertovushli raketalar mavjudligi bois London gipertovushli qurol ishlab chiqishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin ma’lum qildi.
"Bizda bunday raketalar yo‘q, ammo bo‘lishi shart", - dedi Radakin.
U shuningdek, oxirgi 20 yil ichida Rossiya suvosti kemalarining faolligi misli ko‘rilmagan darajada oshganini aytdi. Radakinning so‘zlariga ko‘ra, bu suvosti kabellari tizimiga xavf solishi mumkin.
"Dunyodagi axborot va trafikning katta qismi aynan ular orqali o‘tadi", - dedi Radakin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil dekabrda Rossiya "Tsirkon" gipertovushli raketalarini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi.
"Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi", - degandi Putin.
Mavzuga oid
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024