Xorij fuqarolarining Yaponiyaga kirishiga qo‘yilgan taqiq fevral oxirigacha uzaytirildi
Xorijliklarning Yaponiyaga kirishiga taqiq o‘tgan yil 30 noyabrda joriy etilgandi.
Omikron shtammi xavfi tufayli Yaponiya hukumati mamlakatga xorij fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan taqiqni fevral oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi.
"Omikron yuqtirish bilan bog‘liq bu yerdagi vaziyat xorijdagidan butunlay farq qiladi. Shunday ekan, hozirgi chegara nazorati tartibi fevral oxirigacha saqlanib qoladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mainichi nashri.
Xorij fuqarolarining Yaponiyaga kirishiga taqiq o‘tgan yil 30 noyabrda joriy etilgan va bir oy muddatga mo‘ljallangandi.
Worldometers sayti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon Yaponiyada 1,77 milliondan ziyod inson COVID-19’ga chalingan, 18,4 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
15:00 / 23.12.2024
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
18:22 / 22.12.2024