Aksilkorrupsiya agentligi Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvini o‘rganmoqda
Kinematografiya agentligi “Sevimli” telekanaliga davlat buyurtmalarini berib kelgani, shuningdek, subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tekshiruv boshlagan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi agentlik direktorining matbuot kotibi Durdona Ochilova.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sevimli” telekanalidagi “Sabriya” milliy serialida behayo sahnalar efirga uzatilgani va bu tanqidlarga sabab bo‘lgani ortidan telekanal bosh direktori va bosh muharriri ishdan olingan edi.
Keyinroq, masalaning boshqa jihati “Sevimli” telekanalining egalari – Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning o‘g‘li, qizi va rafiqasi ekani ayon bo‘ldi. Bu telekanalning kamida uchta milliy serialida davlat buyurtmachisi – ayni Kinematografiya agentligi.
Shuningdek, kecha Abduxoliqovning oila a’zolaridan iborat telekanal ta’sischilari uni telekanal Kuzatuv kengashiga rahbar etib tayinlagan. Bu esa manfaatlar to‘qnashuviga oid yangi savollarni uyg‘otadi, chunki milliy seriallar uchun xususiy telekanallarga budjetdan beriladigan milliardlab subsidiyalarning taqsimlovchisi – aynan Kinematografiya agentligidir.
Mavzuga oid
10:05 / 13.12.2024
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunning jamiyat va davlat uchun ahamiyati
16:21 / 12.11.2024
1,5 mingga yaqin boshqaruv xodimi qonunga zid tarzda tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi
15:33 / 17.08.2024
Serial uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
13:04 / 10.06.2024