Amerika samolyoti yo‘lovchilardan biri niqob taqishni istamagani uchun Atlantika ustida ortga qaytib ketdi
Mayamidan Londonga parvozni amalga oshirgan American Airlines aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchi ayol niqob taqishdan bosh tortgani uchun aeroportga qaytishga qaror qildi.
Parvozlar harakatini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi FlightAware portali ma’lumotiga ko‘ra, bortida 129 yo‘lovchi bo‘lgan AAL38 reysi parvozdan taxminan bir soat vaqt o‘tib okean ustida burilgan va ortga qaytgan. Mayamida uni politsiya kutib olgan. Hodisa chorshanba kuni sodir bo‘lgan, ammo tafsilotlar keyinroq, yo‘lovchilarning so‘zlaridan keyin paydo bo‘lgan, shuningdek aviakompaniya bu haqda xabar berib, yo‘lovchi qora ro‘yxatga kiritilgani hamda u American Airlines xizmatidan foydalana olmasligini ma’lum qilgan.
O‘sha reys yo‘lovchisi Stiv Friman «Miami's local 10 news» yangiliklar dasturida o‘sha ayol biznes-klassda uning ortidagi o‘rindiqda o‘tirganini hikoya qilgan.
«U juda ko‘p ichib yuborgandi va men bundan biroz asabiylashdim. Men tabloda bir necha bor samolyotda niqobsiz o‘tirish mumkin emasligi haqidagi yozuvni ko‘rdim. Men taxminan shunday voqea bo‘lishini kutgandim», deydi u.
Yakunda samolyot chindan ortga burilgan va 40 yoshlar chamasidagi yo‘lovchi ayol bortdan tushirilib, politsiyaga topshirilgan.
Ortga qaytgan reysning boshqa yo‘lovchilarining chiptalari boshqa reyslar uchun almashtirib berilgan. Ko‘pchilik aviakompaniyaning bu harakatidan taajjubga tushgan.
«Bizga hech narsa aytishmadi. Bort kuzatuvchilar ham hech nima deyishmadi. Biz uchuvchilardan eshitgan yagona gap - yo‘lovchilardan biri bilan favqulodda holat bo‘lgani va ortga qaytishga to‘g‘ri kelishi haqidagi gap edi», deydi yo‘lovchilardan yana biri.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon yo‘lovchilar koronavirus tartiblariga rioya etishdan bosh tortishi bilan bog‘liq bo‘lgan qariyb 6 ming holat kuzatilgan. Joriy yilning dastlabki ikki haftasida aviakompaniyalar 151 holat haqida xabar berishgan. Bu holatlarning aksari yo‘lovchilar tibbiy niqob taqishdan bosh tortishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
07:12 / 28.09.2023
Toshkent va Mayami o‘rtasida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
14:39 / 13.06.2023