O‘zbekiston | 19:52 / 24.01.2022
2672
1 daqiqa o‘qiladi

Qibray tumanida dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonini sotgan shaxslar aniqlandi

Mazkur holat ortidan davlat va jamiyat manfaatlariga 336,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Fuqaro T.X. va boshqalar Qibray tumanida Q. fermer xo‘jaligining ijara asosida foydalanib kelayotgan yer maydonining 30 sotixi T.X.ga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilganligidan foydalanib, ushbu yer maydonini beton to‘siqlar bilan o‘rab, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan fuqaro S.ga sotib, davlat va jamiyat manfaatlariga 336,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid