Hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda - Energetika vazirligi
Energetika vazirligi elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotgani, hududlarda elektr ta’minoti tiklanayotganini ma’lum qildi.
«Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xo‘jakent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minoti tiklanmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik shu munosabat bilan tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar oldini olish maqsadida gaz hamda elektr jihozlarini nazorat qilish hamda tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yishni tavsiya etgan.
Bundan oldinroq Energetika vazirligi Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida mintaqa elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:39 / 12.12.2024
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi
17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
17:00 / 28.11.2024
Noyabr – Energetika xavfsizligi oyi doirasida gaz transport tizimining xavfsizligi nazorat qilindi
23:44 / 19.10.2024