SSV: Barcha tibbiyot muassasalarida elektr uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga bordi.
Hozirda O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari, xususan, ulardagi reanimatsiya bo‘limlari, tug‘uruq komplekslari va koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ham elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida dizel generatorlari ishlab turibdi. Bunda shifoxonada davolanayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ulangan tibbiy jihozlarning faoliyati davomiyligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligidagi mas’ullar ushbu muassasalarda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.
«Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasi sa’y-harakati bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari bosqichma-bosqich elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanmoqda.
Shuningdek, respublikamizdagi qolgan barcha tibbiyot muassasalarida ham dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, har bir shifoxonada elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan. Ulardagi vaziyat vazirlik markaziy shtabi tomonidan tun-u kun muvofiqlashtirib turilibdi», deyiladi SSV xabarida.
- Agar sizda mazkur holat bo‘yicha murojaatlar bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi 1003 qisqa raqamli Call-markazi hamda vazirlik markaziy shtabining 71-241-15-01 telefon raqamlariga kuniga 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Mavzuga oid
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:18 / 22.11.2024
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:20 / 30.10.2024