O‘zbekiston | 17:34 / 25.01.2022
13104
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi bekatlari orasida qolib ketgan 415 yo‘lovchi olib chiqildi

O‘zbekistonning qator viloyatlarida 25 yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toshkent metropoliteni faoliyati vaqtincha to‘xtagandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari ichida qolib ketgan fuqarolar olib chiqilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Toshkentmetropoliteni»ning «Mashinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oralig‘ida (vagonlar ichida) qolib ketgan jami 415 nafar yo‘lovchi olib chiqilgan.

Shuningdek, soat 12:10 da Namangan viloyati Pop tumani 114-116-kilometrlarida yuk poyezdi to‘xtab qolganligi uchun 83-kilometrda yo‘lovchi poyezd vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yuk poyezdini zaxira yo‘lga olib qo‘yish uchun teplovoz va Qamchiq MQYoQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvchilar jalb etilgan.

Mavzuga oid