O‘zbekiston | 11:24 / 25.01.2022
30306
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining aksariyat hududlari elektr energiyasiz qoldi

Energotizimda jiddiy nosozlik ro‘y bergan. Tez orada rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

Foto: LiveJournal

25 yanvar kuni soat 11:00 atrofida Toshkent shahrining aksar hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan.

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda poytaxtning barcha tumanlarida elektr ta’minoti uzilgan.

Energetik kollaps metro harakati va suv ta’minotida ham muammolarni keltirib chiqardi.

Poytaxtning aksariyat qismida bir vaqtning o‘zida elektr ta’minoti uzilishi yaqin yillarda kuzatilmagan edi.

Kun.uz'ning energetika tizimidagi manbasiga ko‘ra, ayni paytda o‘rganish ishlari olib borilmoqda va tez orada ta’minot tiklanishi bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Mavzuga oid