O‘zbekiston | 16:29 / 27.01.2022
4829
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi - vazirlik

O‘zbekistonda 27 yanvar kuni soat 16:00 holatiga ko‘ra, respublikadagi barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasidan tashqari barcha elektr stansiyalarning ish faoliyati tiklangan.

«Shu bilan birga, mamlakatimizda gaz ta’minoti hozircha to‘liq tiklanmaganini inobatga olgan holda, sizdan sabr-toqatli bo‘lishingizni, elektr energiyasi uzilishlarining oldini olish uchun ehtiyojdan tashqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, respublika hududlarida tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi (soat 15:00 holatiga).

Hozirgi paytda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar tufayli tabiiy gaz iste’molchilarining 90 foizida ijobiy natijaga erishildi.

Shu bilan birga, quyida gaz bosimi nisbatan past hududlar ro‘yxati keltirilmoqda:

  1. Farg‘ona viloyatida — 43 foiz; 
  2. Andijon viloyatida — 41 foiz;
  3. Namangan viloyatida — 39 foiz; 
  4. Toshkent viloyatida — 1,4 foiz; 
  5. Samarqand viloyatida — 3 foiz;
  6. Toshkent shahrida —7,5 foizni tashkil etmoqda.

Mazkur hudud iste’molchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid