Jahon | 09:35 / 30.01.2022
16780
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Afrika sharqidagi tropik shtorm oqibatlari. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan, yuz minglab kishilar uysiz qolgan

Afrika qit’asi sharqida «Ana» tropik po‘rtanasi halokatli oqibatlar keltirib chiqardi. Quyida Malavi, Mozambik va Madagaskarda olingan suratlar.

Hind okeanining janubi-g‘arbida yuzaga kelgan «Ana» tropik shtormi 22 yanvar kuni Afrikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib bordi. Kuchli shamol va suv toshqinlari Madagaskar, Mozambik va Malavidagi minglab uylarni vayron qilgan, kamida 86 kishi halok bo‘lgan, yuz minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan — ular elektrsiz boshpanalarda jon saqlashmoqda. Meteoxizmatlar yaqin kunlarda Hind okeanida yana bir shtorm paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

Ankasina tumani, Antananarivu, Madagaskar. 2022 yil 28 yanvar. Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

«Ana» shtormi oqibatida Madagaskarda kamida 48 kishi halok bo‘lgan. Yana 110 ming kishi suv toshqinlari tufayli yashash manzillarini tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Fotoda — suv ostida qolgan Ankasina tumanida yashovchilar orol davlat poytaxti  — Antananarivuga qo‘lda yasalgan qayiqlarda yetib olishga urinmoqda. 2022 yil 28 yanvar.

Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

Madagaskar poytaxti Antananarivudagi suv toshqini. Shahar dengiz sathidan 1240-1470 metr balandlikdagi Yuqori platoda joylashgan. 2022 yil 23 yanvar.

DronesMg / Reuters / Scanpix / LETA 

Malavida «Ana» po‘rtanasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Hukumat favqulodda holat rejimini e’lon qilgan. Mamlakatning katta qismi hamon elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar daryolar o‘zandan chiqqani, yo‘llar yuvilib ketgani va ko‘priklar qulagani tufayli ko‘plab qishloqlarga yetib bora olishmayapti. 2022 yil 27 va 28 yanvar kunlari.

Suv ostida qolgan Antananarivu bo‘ylab ketayotgan odamlar. 2022 yil 24 yanvar.

Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

Malavilik ayol tropik bo‘rondan keyin vayron bo‘lgan uyiga qarab turibdi. Malavining Chikuava okrugidagi qishloqlardan biri. 26 yanvar

Eldson Chagara / Reuters / Scanpix / LETA

Odamlar to‘ntarilib ketgan avtomobilga chiqib olib jon saqlashga urinmoqda. Chikuava, Malavi. 2022 yil 25 yanvar.

AP / Scanpix / LETA

Suv ostida qolgan yo‘lda ketayotgan chikuavaliklar, 2022 yil 25 yanvar.

AP / Scanpix / LETA

Antananarivuning Ankorondrano tumanidagi ayrim joylarda suv sathi bir metrga chiqdi. Suratda Madagaskar poytaxtining Ankorondrano va yana bir tumani Tsaramasayning uysiz qolgan aholisi gimnaziyaning sport zalida tun o‘tkazmoqda. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, Antananarivu 8400 kishi uyini yo‘qotgan — ular 18 ta boshpanaga joylashtirilgan. 2022 yil 22 yanvar.

Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

Kuchli ko‘chki oqibatida uylar tomiga turib qolgan avtomobillar. Madagaskar poytaxti Antananarivuning Ankadifotsi tumani. 2022 yil 24 yanvar.

Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Mozambikda «Ana» shtormi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lib, 500 ming kishi jabrlangan. Po‘rtana 10 mingga yaqin uyni vayron qilgan. Fotoda — Tet tumanidagi uylardan biri xarobasi, 2022 yil 27 yanvar.

Andre Catueira / EPA / Scanpix / LETA

«Ana» po‘rtanasi ortidan boshlangan kuchli yomg‘irlar 28 yanvarga kelib to‘xtadi. Ammo meteoxizmatlar ogohlantirishicha, yaqin kunlarda Hind okeanida yangi shtorm yuzaga kelishi mumkin.

Rijasolo / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid