O‘zbekiston | 18:45 / 01.02.2022
15725
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda antiqa paypoqlar to‘qilmoqda 

Mo‘ynoq tumanida qo‘y junidan antiqa paypoqlarni to‘qish yo‘lga qo‘yildi. Tumanda “Ayollar daftari”dagi 12 nafar ayol bu ishni boshlagan.

Antiqa paypoqlar asosan kuz-qish mavsumi uchun mo‘ljallangan. U ko‘rinishidan qishda kiyiladigan etikni eslatib yuboradi. Bundan tashqari kichik sexda qo‘lqop va shippaklar tayyorlanyapti.

To‘quvchi ayollarning so‘zlariga ko‘ra, tayyor mahsulot 100 foiz tabiiydir. Ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq qo‘lda qilinadi.

Etikka o‘xshash paypoqlarning narxi 70-100 ming so‘m atrofida. Ularni asosan Mo‘ynoqqa kelgan sayyohlar olishmoqda.

Ayollarning aytishicha, paypoqlar asosan AQSh va germaniyalik sayyohlar orasida xaridorgir. Ular revmatizm, grija kasalliklarida foydali.

  • Maqola Mo‘ynoq tumani matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri

Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev

Mavzuga oid