Jamiyat | 09:04 / 07.02.2022
13287
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda futbol o‘ynagan ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Jondor tumanida o‘zaro futbol o‘ynagan ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ommaviy mushtlashuv bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 5 fevral kuni Jondor tumanida sodir bo‘lgan. Nurafshon mahallasidagi stadionda Tobagar va Chandir qishloqlari fuqarolari o‘zaro futbol o‘ynagan. O‘yin vaqtida janjal yuzaga kelgan.

Hozirda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda ularning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Buxoro viloyati IIB hamda Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid