Sport | 03:14 / 07.02.2022
18556
2 daqiqa o‘qiladi

Senegal Misrni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlar Kubogida g‘olib bo‘ldi

Foto: Getty Images

Kamerunda o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal va Misr jamoalari ro‘baro‘ keldi. 

Bellashuv boshida senegalliklar sardori Mane penaltidan foydalana olmadi. Bahsning qolgan qismida va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Senegal ustun kelib, o‘z tarixida ilk bor qit’a chempioniga aylandi.

Saloh sardorligidagi Misr kumush, mezbon Kamerun esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Misr ushbu turnirda pley-offning 4 o‘yinida ham 120 daqiqa harakat qildi va ularning 2tasida «lotoreya»da ustun keldi, ammo finalda mag‘lub bo‘ldi.

Afrika Millatlar Kubogi. Final
Senegal — Misr 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2.

6 fevral. Kamerun. «Stad d'Olembe»
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Mane (7).
Senegal — E.Mendi, B.Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (P.Guyye, 66), N.Mendi, I.Sarr (Dia, 77), I.Guyye, Mane, Dedu (Deng, 77).
Misr — Abu Gabal, Ashur, Ablumonem, Hamdi, AbulFatuh, Fati (Lashin, 99), El Nenni, As Soliya (Trezege, 59), Marmush (Zizu, 59), Saloh, Muhammad (Hamdi, 59).
Ogohlantirishlar: Abdulmonem (5), N.Mendi (17), Fati (37), Kulibali (44), Diallo (54), Mane (88).

Mavzuga oid