O‘zbekiston | 12:23 / 08.02.2022
5762
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 119ta korrupsion jinoyat sodir etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2021 yilda kelib tushgan jami 4 901ta murojaatning 343tasi (7 foizi) ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan norozi bo‘lgan holda yuborilgan.

Foto: Kun.uz

5 fevral kuni Ichki ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan IIV tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar tahliliga bag‘ishlangan anjumanida ma’lumot berilishicha, 2020 yilda ichki ishlarning 46 nafar xodimi korrupsion jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich deyarli 2 baravarga ortib, 89 nafar xodim tomonidan 119ta korrupsion jinoyat sodir etilgan.

Shundan:

  • 47tasi Jinoyat kodeksi 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
  • 18tadan JK 209- (mansab soxtakorligi) va 211-moddasi (pora berish);
  • 14tasi JK 168-moddasi (firibgarlik);
  • 13tasi JK 210-moddasi (pora olish) va qolgan 9tasi boshqa korrupsion jinoyatlarni tashkil qiladi.

Tadbirda huquq-tartibot idoralaridagi korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘luvchi omillarga doir – 5883 nafar fuqaro va 4067 nafar ichki ishlar xodimi ishtirok etgan anonim so‘rovnoma natijalari ham ma’lum qilindi.

Mavzuga oid