Investitsiya vazirligi 2021 yilda oziq-ovqat importi necha mlrd dollarni tashkil etganini ma’lum qildi
O‘zbekiston 2021 yilda 2,2 mlrd dollarlik oziq-ovqat import qilgan. Bu haqda AOKAda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati rahbari Gulshan Botirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda oziq-ovqat mahsulotlar importi 2,2 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foiz yoki 441 mln dollarga oshdi. 2020 yilda mazkur ko‘rsatkich – 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mahsulotlar asosan Qozog‘iston 881 mln dollar), Rossiya 747 mln dollar), Belarus 105 mln dollar), Ukraina (59 mln dollar), Turkiya (45 mln dollar) davlatlaridan import qilindi.
Ularning asosiy qismini quyidagilar tashkil etgan:
- bug‘doy – 616 million dollar (2020 yilga nisbatan +10 foiz);
- o‘simlik va hayvonlardan olingan yog‘lar (misol uchun, kungaboqar yog‘i, palma yog‘i, margarin) – 499 million dollar (+53 foiz);
- go‘sht mahsulotlari (tovuq go‘shti) – 188 million dollar (+84 foiz);
- un va un mahsulotlari – 158 million dollar (+19 foiz);
- shakar va konditer mahsulotlari – 146 million dollar (-41 foiz);
- meva-sabzavotlar (kartoshka) – 142 million dollar (+73 foiz);
- sut mahsulotlari, tuxum va asal – 68 million dollar (+41 foiz);
- alkogolsiz ichimliklar – 48 million dollar (+182 foiz);
- konservalangan meva-sabzavotlar – 43 million dollar (+59 foiz);
- yormalar (grechka, suli yormasi, manna yormasi) – 14 million dollar (+27 foiz).
Bundan tashqari, davlat investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda oziq-ovqat sohasida umumiy qiymati 281,2 mln dollar bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, natijada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati 479 ming tonnadan ortdi.
Mavzuga oid
08:48 / 25.12.2024
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
11:10 / 15.12.2024
O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi
10:23 / 13.12.2024