O‘zbekiston | 12:57 / 11.02.2022
5083
2 daqiqa o‘qiladi

«Qaysi hokim yoki ichki ishlar boshlig‘i biror marta avtomaktablardagi o‘qish jarayoni bilan qiziqqan?» - Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yildan yilga avtotransport vositalari va haydovchilar soni ko‘paygani bilan ularning madaniyati, o‘zaro hurmat va bilim-tajribasi pasayib borayotgani ham ayni haqiqat, dedi prezident yig‘ilishda.

Bildirilishicha, avariyalarning 75 foizini 35 yoshgacha bo‘lganlar sodir etgan. Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasi oladi, lekin 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi.

“Qaysi hokim yoki ichki ishlar boshlig‘i biror marta avtomaktablarga borgan, ulardagi o‘qish jarayoni bilan qiziqqan? Umuman, Ta’lim inspeksiyasi avtomaktablar nazoratini eplay olmadi”, dedi davlat rahbari.

Endi haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. 

Bunda:

Ichki ishlar vazirligi avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta ko‘rib chiqadi, ularga litsenziyalarni o‘zi beradi; 

Ichki ishlar akademiyasi avtomaktablarning metodologiyasi, o‘quv dasturi, o‘qituvchilarning malakasi va o‘qitish sifatini oshirishga javob beradi;

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi va ularning reytingini yuritadi.

Mavzuga oid