Jahon | 14:40 / 12.02.2022
12162
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva politsiyasi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari «minalashtirilgani» haqidagi xabarni tekshirmoqda

11 fevral kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati elektron manziliga erkak kishidan ikkita xat kelgan. Unda uning 44 yoshli sherigi diplomatik idoralarga portlovchi moddalar solingan ryukzaklarni joylashtirgani haqida so‘z borgan. Barcha binolar kinologlar tomonidan tekshirilgan, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalar topilmagan. 

Foto: RIA Novosti

Moskva politsiyasi Tojikiston, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonalari va konsulliklari «minalashtirilgani» haqidagi xabarlar ortidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

«Juma kuni FXX elektron manziliga bir shaxsdan uning 44 yoshli sherigi Tojikiston elchixonasi va bosh konsulligi, O‘zbekiston elchixonasi va konsullik bo‘limi, AQSh elchixonasiga portlovchi moddalar solingan ryukzaklar qo‘ygani haqida ikkita xat kelib tushgan», dedi manba. 

Rossiya Markaziy banki va «Qizil maydon» ham «minalashtirilgan». Barcha binolar kinologlar tomonidan tekshirilib, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalar topilmagan. Evakuatsiya ishlari amalga oshirilmagan.

«Politsiya bu xabarlarni tekshirishni boshladi», deyiladi ma’lumotda. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi voqea yuzasidan hozircha izoh bermadi.

Mavzuga oid