Muborak tuman IIB boshlig‘i tergovga tortilgani aytilmoqda. U protsessual tartibda ushlangan bo‘lishi mumkin
IIV boshlig‘i bundan bir necha kun oldin 50 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga sherik bo‘lgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlar Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB boshlig‘i qo‘lga olingani haqida yozmoqda. U bundan bir necha kun oldin Muborak va Mirishkor tumanlaridan yer olib berishni aytib, 50 ming dollar olgan Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga sherik bo‘lganlikda gumonlanayotgan bo‘lishi mumkin.
Kasbi tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Muborak tumani IIB boshlig‘i Mirishkor tumani hokimining 50 ming dollar olishida «dallollik» qilgani aytilmoqda.
«Muborak tuman IIB boshlig‘i qo‘lga olingan. Esingizdami, Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Mirishkor va Muborak tumanlaridan 500 gektardan jami 1000 gektar yer sotmoqchi bo‘lib, so‘ralgan 80 ming AQSh dollaridan 50 mingini pora sifatida olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan edi. Menga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha ushbu ishda o‘rtada dallollik qilgan Muborak tumani IIB boshlig‘i ham qamalibdi», deyiladi hokimlik axborot xizmatining xabarida.
Kun.uz hodisa yuzasidan IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi. U Muborak tumani IIB boshlig‘ining qo‘lga olinganini tasdiqlamadi, shuningdek, inkor ham etmadi. IIB boshlig‘ining tergovda guvoh sifatida qatnashayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 7 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev fuqaroning ishonchiga kirib, unga Mirishkor va Muborak tumanlaridan 500 gektardan, jami 1000 gektar yer olib berish evaziga 80 ming dollar so‘rab, undan 50 000 dollarni olayotganda qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda hokim o‘rinbosarlaridan biri pora bilan qo‘lga tushgani haqida 2022 yil 6 fevral kuni viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergandi. Kun.uz manbasi uning Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri ekanini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
19:26 / 29.11.2024
«Qamoqdan chiqishni xohlasang, advokatingdan voz kech» – tergovdagi shaxsga bosimlar haqida
15:54 / 25.11.2024
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
16:49 / 16.10.2024
Sobiq MXX binosi hududidan ko‘chirilgan daraxtlarga oid tergov ishi natijasi ochiqlanmayapti. Sukut ortida nima bor?
12:10 / 11.06.2024