O‘zbekiston | 07:30 / 15.02.2022
7390
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy shohko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqildi

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy shohko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: mytashkent

Qayd etilishicha, Alisher Navoiy shohko‘chasidagi tirbandliklarni kamaytirish, haydovchilar hamda piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida malakali mutaxassislar guruhi rekonstruksiya loyihasini ishlab chiqqan.

Ta’mirlash ishlaridan so‘ng, Alisher Navoiy shohko‘chasi va Paxtakor hamda Alisher Navoiy shohko‘chasi va Labzak ko‘chalari kesishmasi yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.

“Ushbu ko‘chalardan harakatlanayotganda ta’mirlash ishlarini inobatga olishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, poytaxt hokimligi Navoiy ko‘chasida rejali ta’mirlash ishlari olib borilayotganini bildirgandi.

2022 yilda Toshkent shahridagi ko‘chalarni tartibga keltirish (ta’mirlash) rejasiga muvofiq, 14 fevral kuni poytaxtning Navoiy ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlandi. 

Bunda Navoiy-Labzak ko‘chasidan Navoiy–Beruniy ko‘chalarigacha bo‘lgan oraliq butkul ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Bu ishlar Toshkentda yangi tramvay liniyasi yoki tezyurar avtobus uchun yo‘lak tashkil qilish bilan bog‘liq emas.

Mavzuga oid