O‘zbekiston | 12:21 / 19.02.2022
3879
4 daqiqa o‘qiladi

«Poraxo‘rlik jinoyati bo‘yicha sudlanganlar soni oshdi» - Xorazm viloyati sudi raisi axboroti

2021 yilda Xorazm viloyatida o‘g‘irlik, qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, poraxo‘rlik va bezorilik jinoyati bo‘yicha sudlanganlar soni oshgan.

Foto: Xorazm viloyati sudi matbuot xizmati

Xorazm viloyati sudi raisi Bahodir Polvonov 2021 yil yakuni bo‘yicha fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishga oid faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Qayd qilinishicha, Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2021 yil davomida 1624 nafar shaxsga nisbatan 1289 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan. 1275 nafar shaxsga nisbatan 966 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan, 346 nafar shaxsga nisbatan 320 ta jinoyat ishi tugatilgan, 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.

90 nafar shaxs qamoqdan ozod etilgan. 803 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. Barcha instansiyalarda 26 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan.

Ushbu davrda 26095 nafar shaxsga nisbatan 21840 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 14383 nafar shaxsga nisbatan 12833 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilgan, 11712 nafar shaxsga nisbatan 9007 ta ish tugatilgan.

2021 yilda o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha sudlanganlar 19 taga (2020 yilda 188 ta, 2021 yilda 207 ta), qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyati bo‘yicha 26 taga (64/90), o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati bo‘yicha 81 taga (22/103), poraxo‘rlik jinoyati bo‘yicha 25 taga (44/69), bezorilik jinoyati bo‘yicha 15 taga (45/60) oshgan.

Sudlarning jinoyatlarga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish maqsadida 461 ta (35,8 foiz) jinoyat ishi aynan jinoyat sodir bo‘lgan joylarda, mahallalarda, tegishli tashkilot va muassasalarda sayyor sud majlislari tartibida ko‘rib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan 160 ish ko‘rilgan va 128 ta ish bo‘yicha 149 ayolga sud hukmi chiqarilgan. Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlari tomonidan 621 nafar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan 512 ta ish ko‘rib chiqilgan va 365 ta ish bo‘yicha 468 nafar yoshga sud hukmi chiqarilgan.

Shuningdek, 226 nafar shaxsga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rilib, 200 nafar shaxsga sud hukmi bilan jazo tayinlangan. Odam savdosi jinoyati bo‘yicha jami 20 nafar shaxsga nisbatan 13 ta ish ko‘rilib, 19 nafar shaxsga sud hukmi bilan jazo tayinlangan. Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha jami 111 nafar shaxs sudlanib, ularga tegishli jazo tayinlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2021 yil davomida 16541 ta  ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 12135 ta da’vo qanoatlantirilgan, 1495 ta da’vo rad etilgan, 269 ta ish yuritishdan tugatilgan, 2642 ta da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Nikohdan ajratish haqidagi ishlar soni 2079 tani tashkil etgan. Shundan, 1263 tasi bo‘yicha da’vo qanoatlantirilgan, 623 ta ish bo‘yicha da’vo  rad etilgan, 135 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 58 ta ish yuritishdan tugatilgan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda 2021 yil mobaynida 8704 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, 7189 tasi qanoatlantirilgan, 1276 tasi bo‘yicha da’vo rad qilingan, 145 tasi bo‘yicha da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan, 94 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. 

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan kichik biznes sub’yektlari, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning da’vogarligida 987 ta ish ko‘rilib, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlari tiklanib, ularning foydasiga 82,3 mlrd so‘m mablag‘ undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

Mavzuga oid