O‘zbekiston | 09:34 / 20.02.2022
4917
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysining ayrim hududlari 20 fevral kuni elektr energiyasidan uzilishi mumkin

Ta’mirlash ishlari sabab Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida 20 fevral kuni elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bahor mavsumida vodiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Xususan, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00 ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid