O‘zbekistonning to‘rt hududida sel xavfi e’lon qilindi
Kuchli yomg‘irlar sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi. 23-25 fevral kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, joriy yil 23-25 fevral kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:00
Samarqand va Jizzaxda olis hududdan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus yo‘lga qo‘yiladi
19:45 / 09.01.2025
Samarqandda qariyb yarim milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
09:58 / 07.01.2025
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
17:44 / 06.01.2025