O‘zbekiston | 09:52 / 23.02.2022
7686
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi oqova suvda qon oqayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chust tumanidagi kanalizatsiya tarmog‘ida qon oqmoqda” sarlavhali xabarlar tarqaldi. “Namangan suv ta’minoti” MChJ holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, natijasi bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Chust tumani “Sarimsoqtepa” MFYda kanalizatsiya tarmoqlardagi tiqilish natijasida kelib chiqqan bo‘lib, joriy yilning 18 fevral kuni aniqlangan hamda Hududiy oqova tozalash bo‘limining Chust filiali tomonidan bartaraf etilgan. Nazoratchi tomonidan bugun vizual tekshiruv o‘tkazilganda avariya holati aniqlanmagan.

Shuningdek, oqova tarmoqlarida oqayotgan qizil rang qon emas, tarmoqqa ulangan tozalash vositalari ishlab chiqaruvchi fabrikadan chiqqan kimyoviy moddalar ta’siridagi oqova suvlarning rangi ekani aniqlangan.

“Bu masala yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilib, ma’lum qilinadi” – deyiladi munosabatda.

Mavzuga oid