O‘zbekiston | 21:59 / 26.02.2022
8858
1 daqiqa o‘qiladi

Quvasoy shahrida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan sex 560 million zarar keltirgan

Foto: Prokuratura departamenti

Ohak ishlab chiqaruvchi mazkur sex gaz ta’minotidan uzilgan bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan faoliyatini davom ettirgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.S.” MChJning ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz ta’minotidan tegishli tartibda uzilgan bo‘lsa-da, MChJ rahbari F.A. gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 560,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid