Suv ta’minoti bo‘limi 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Jizzax viloyatidagi iste’molchilarning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, “Jizzax suv ta’minoti” MChJga qarashli “Qo‘ytosh” tumanlararo suv ta’minoti bo‘limining oylik hisobotlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi yashirib kelingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 9 079 988 kVt soat yoki 4 milliard 79 million so‘m miqdorida elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 45 mingdan ortiq xonadonning o‘rtacha 1 oylik iste’molini tashkil qiladi.
Ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” xabarida.
Mavzuga oid
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
09:58 / 07.01.2025
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
10:05 / 05.01.2025
Limitdan oshgan elektr iste’moli uchun 20 foizlik ustama faqat yuridik shaxslarga taalluqli – Energetika vazirligi
17:32 / 04.01.2025