Navoiyda shifokor bemorning onasini jinsiy aloqaga majburlashi bilan bog‘liq holat ortidan uning rahbari ishdan olindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bemorning kasallik varaqasini berish uchun uning onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor ishlagan markaz direktori o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi.
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R. davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning davolangani bo‘yicha bir yarim oy davomida kasallik varaqasini (ko‘chirma) bermasdan kelgan. U bemorning onasi T.L.ni qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi kasb va toifa tanlamaydigan axloqsizliklar tibbiyot xodimlari orasida ham kuzatilishini oq xalatga tushgan dog‘ deb hisoblaydi. Shu bilan birga, bu kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi. Qolaversa, tibbiyot xodimlarining qadr-qimmati va insonlik sha’ni oyoqosti qilinishiga qarshi turadi. Shu sababdan ham bunday holatlarda hodisaning asl mohiyati aniqlashtirilgach, yakuniy xulosaga kelish maqsadga muvofiq», deyiladi SSVning «Axloqsizlik kasb tanlamaydi: tibbiyot xodimining noloyiq xatti-harakatlari haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda» sarlavhali munosabatida.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, jamoada odob-axloq qoidalarini nazorat qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani va qo‘l ostidagi xodimlari ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun markaz direktori Sh.Xudoyberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgan.
«Shu o‘rinda yurtdoshlarimiz va tibbiyot xodimlaridan tizimdagi noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelishsa, darhol vazirlikning mazkur boshqarmasiga qarashli 71-241-10-65 telefon raqamiga murojaat qilishlarini so‘raymiz», deya ta’kidlanadi xabarda.
Bundan avvalroq Navoiy viloyati IIB axborot xizmati Navoiy shahrida nogiron bemorga kasallik varaqasini berish uchun uning onasini jinsiy yaqinlikka majburlab kelgan shifokor qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024