Farg‘ona shahrida savdo do‘konini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Farg‘ona shahrida elektr ta’minoti korxonasi bo‘limi muhandisi fuqaro bilan til biriktirib, savdo do‘konlaridan birini gaz tarmog‘iga ulab berishi evaziga 5 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Qirguli elektr ta’minoti korxonasi bo‘limi muhandisi F.E. fuqaro X.K. bilan til biriktirib, tadbirkor N.ning Farg‘ona shahridagi savdo do‘konini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish evaziga 5 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi metan gaz shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 2 000 AQSh dollari talab qilib, pora bilan ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:56 / 20.12.2024