Navoiyda o‘tgan yili qariyb 6,5 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan
Bu miqdordagi tabiiy gaz qish mavsumida bir oyda 16 170 ta xonadonga yetishi ma’lum bo‘ldi.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2021 yilda viloyatda faoliyat yuritayotgan ulgurji iste’molchilar tomonidan gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 64 ta holat aniqlangan. Buning oqibatida 7 mln metr kubdan ortiq gaz o‘zboshimchalik bilan sarf qilinib, gaz ta’minoti korxonasiga 6 mlrd 418 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar aholi iste’molchilari orasida ham mavjud. O‘tgan yilda soha xodimlari 53 ta ana shunday holatni aniqlashgan. Fuqarolar 38,3 mln so‘mlik 101 metr kubdan ortiq gazni “o‘g‘irlashgan”.
Ushbu noqonuniy holatlar sabab qish mavsumining bir oyida 16 170 ta xonadonni ta’minlashga yetadigan tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Mavzuga oid
22:40 / 13.01.2025
Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
21:38 / 26.12.2024
2024 yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
07:37 / 24.12.2024
Aholini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi
22:36 / 20.12.2024