O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan V xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli 22 armiya korpusi Terrorizmga qarshi kurashish milliy o‘quv markazi bazasida o‘tkazilgan.
Unda 9 ta davlatdan Marokash, Iordaniya, Keniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Shri-Lanka, Nepal va O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, Pokiston Islom Respublikasidan 8 ta razvedka guruhlari, jami 16 ta razvedka jamoalari o‘zaro bellashishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 80 km gacha bo‘lgan marshrutning 6 ta nazorat nuqtasida azimut bo‘yicha harakatlanib, nazorat nuqtalarida taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek, kutilmagan testlarni yechish mashqini bajardi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha:
1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi jamoasi (2 850 ball);
2-o‘rin – Marokash jamoasi (1 860 ball);
3-o‘rin – Shri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball) jamoalariga nasib qildi. Shri-Lanka va Saudiya Arabistoni jamoalarida jarima ballari mavjudligi sababli 3-o‘ringa tushirilgan.
Mavzuga oid
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024
Pokiston supermarketlarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi
15:54 / 12.12.2024