Jangovar shaylik sinovidan o‘tolmagan tergovchi o‘qotar qurolni yig‘gan video tarqaldi
Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Mirali Abdurahmonov ichki ishlar xodimlarining jangovar shayligini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan sinovda noto‘liq qismlarga ajratilgan AK-74 avtomatini yig‘a olmagandi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda podpolkovnik Mirali Abdurahmonov qayta o‘tkazilgan sinovda o‘qotar qurolni 17 sekunddan sal ko‘proq vaqt ichida noto‘liq qismlarga ajrata olgani, 31 sekund ichida uni yig‘a olganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish standarti quyidagicha:
- 15 sekund – a’lo;
- 17 sekund – yaxshi;
- 19 sekund – qoniqarli.
Noto‘liq qismlarga ajratilgan AK-74 avtomatini 23 sekundda yig‘ish a’lo, 25 sekundda yig‘ish yaxshi, 30 sekundda yig‘ish qoniqarli deya baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov 10 mart kuni viloyatdagi ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilayotganini tasdiqlagandi. Shuningdek, u internetda videosi tarqalib ketgan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i ikkinchi urinishda avtomatni yig‘a olgani, bu jarayon aks etgan video borligini aytgandi.
IIBB mulozimi sinovdan o‘tolmagan xodimlar sinovni qaytadan topshirishi, agar yana o‘ta olishmasa malaka oshirishga yuborilishi, hech kim sinovdan o‘tolmagani uchun vazifasidan chetlashtirilmasligini ham ta’kidlagandi.
Keyinchalik Toshkent viloyati IIBB tizimidagi xodimlarning 90 foizi qurolni to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish, yig‘ish, o‘q otish bo‘yicha sinovlardan a’lo darajada o‘tgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:02 / 27.11.2024
Himoyachining o‘ziga tahdid va noqonuniy «so‘roqlar» – advokatlar bilan suhbat
16:12 / 09.04.2024
Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar pora bilan ushlandi
16:02 / 20.02.2024
“O‘z manfaati yo‘lida otasini ham botqoqqa botiradigan farzandlar bor ekan” – tergovchi hikoyasi
12:05 / 29.11.2022