Jahon | 21:19 / 14.03.2022
20348
1 daqiqa o‘qiladi

Putin lizing asosidagi xorij samolyotlarini Rossiya aviakompaniyalari tasarrufiga o‘tkazishga ruxsat berdi

Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyalari lizing asosida foydalanadigan xorij samolyotlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zlariga rasmiylashtirishlari mumkin.

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqaro aviatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi “Kommersant’”.

Nashrning yozishicha, qonunga muvofiq, Rossiya kompaniyalari lizing asosida foydalanadigan xorij samolyotlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zlariga rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, bu samolyotlarga Rossiyaning parvozga yaroqlilik sertifikatlari beriladi. 

Qayd etilishicha, Rossiya Havo kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar Rossiya aviakompaniyalariga xorij havo kemalari parkini saqlab qolish va samolyotlardan ichki yo‘nalishlarda foydalanish imkonini beradi.

Avvalroq Bermud orollari fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Rossiya samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatib qo‘ygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid