Jahon | 21:25 / 15.03.2022
27957
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Bayden va Tryudoga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Rossiya AQSh prezidenti Jo Bayden va qator amerikalik amaldorlarga qarshi personal sanksiyalar joriy etdi.

Jumladan, ro‘yxatda Davlat kotibi Entoni Blinken, Markaziy qidiruv boshqarmasi direktori Uilyam Byorns, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer va mudofaa vaziri Lloyd Ostin nomlari bor.

Shuningdek, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Baydenning o‘g‘li Hanter ham sanksiyalarga uchragan.

Xabar qilinishicha, gap Rossiyaga kelishni taqiqlash haqida ketadi.

Keyinroq Rossiya TIV xuddi shunday sanksiyalar Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ham qo‘llanganini ma’lum qildi.

Sanksiyalar Rossiyaning yuqori martabali shaxslari AQShga kirishi taqiqlanishini ham ko‘zda tutuvchi qator «misli ko‘rilmagan sanksiyalar»ga javoban qabul qilingan.

  • AQSh Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 25 fevral kuni RF prezidenti Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va qator yuqori martabali mansabdorlarga sanksiyalar qo‘llagandi. Sanksiyalarga ko‘ra aktivlar muzlatilishi nazarda tutilgan. Oq uydagilar bu sanksiya AQShga kirishni taqiqlashini ham qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid