O‘zbekiston | 09:00 / 16.03.2022
21336
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Namangan Square’ning ilk aholisi o‘z kalitlariga ega bo‘lishdi

Namangan Square turar joy majmuasida ilk aholining kalitlari tantanavor ravishda topshirildi. 8 mart kuni ichki tadbir bo‘lib o‘tdi va baxtli xonadon sohiblari bo‘lgan 8 oila o‘z kalitlariga ega bo‘lishdi.

Foto: MJ Developers

Tadbirda MJ Developers kompaniya vakillari, mijozlar, savdo ofisi mehmonlari, ilk xonadon sohiblari va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Bayramdagi kirish nutqi bilan kompaniya vakili chiqish qildi va mehmonlarni tabrikladi. Bundan tashqari, kompaniya bayram dasturxoni va furshet ham tashkil qildi.

Kalitlarni topshirish marosimi vaqtida Namangan Square TJM loyihasi rahbari majmuaning barcha imkoniyatlari to‘g‘risida xonadon sohiblariga gapirib berdi, shuningdek, bo‘lajak aholini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob berdi.

Tadbirdan keyin xonadon egalari ularning tayyor xonadonlariga kuzatib qo‘yildi. Ular ostonadan uyga qadam qo‘yishar ekan, o‘z his-tuyg‘ularini ushlab tura olishmadi va o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi:

“Biz Namangan Square’ni majmuada biz uchun barcha kerakli sharoitlar borligi uchun tanladik, bu yer — qulay, puxta o‘ylab rejalashtirilgan va ekologik toza maskandir”.

“Uylarning arxitekturasi hayratlanarli, ular yuqori texnologiyalar asosida sifatli qurilmoqda. Bizga tadbir juda ham yoqdi, tashkilotchilarga tashakkur! Barchaga o‘z orzularidagi xonadonlarda yashash nasib qilsin!”

“Namangan Square boshqa rejalashtirilgan loyihalardan qurilishga bo‘lgan munosabati bilan ajralib turadi. Qurilish kompaniyasi Dubayda ham o‘z nufuzi va tajribasiga ega. Men bo‘lajak uyimni ushbu faktga tayangan holda tanladim”.

“Kalitlarimizga ega bo‘ldik, juda xam mamnunmiz. Bizga bajarilgan ishlar juda yoqdi, kompaniyaga rahmat aytamiz! Tanlovimizdan mamnunmiz!”

Bundan tashqari, qurilish jadal borayotgan majmua bloklari bo‘ylab ham ekskursiya tashkillashtirildi va taqdimotlar tayyorlandi. 

Loyiha haqida 

Namangan Square – Namanganning nufuzli tumanlaridan biridagi o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan birinchi aqlli shahar. Majmuaning hududi 18 gektarni tashkil qiladi, 60 foizi ko‘kalamzor. Yashil hududdan golf maydoni joy olgan, o‘yin har bir aholining kundalik hayotini qiziqarliroq qiladi.

Yashash uchun mo‘ljallangan binolardan tashqari majmuadagi Iconic Towers biznes markazidan tijorat joylarini ijaraga olish, biznesingizni rivojlantirish, resurslarni oqilona sarflash imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.

Loyiha xonadonlari puxta o‘ylangan tuzilish hamda tayyor ta’miri bilan ajralib turadi. Har bir xonadondagi sanuzellar xonalar soniga mos, balkonlar majmua hovlisiga qaragan bo‘lib, u yerdan ajoyib manzaralar ko‘rinib turadi.

Namangan Square’dan foydali aksiya

Namangan Square’dan xonadon xarid qiling va kafolatlangan mashinani sovg‘aga oling. Namangan Square’dan 3 xonali xonadon xaridida yangi Damas avtomobilini sovg‘aga olasiz.

Namangan Square TJM va xarid shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni savdo ofisidan bilib olishingiz mumkin.

Manzil: Namangan shahri, I.Karimov ko‘chasi.

Telefon raqami: 1145

Veb-sayt: www.namangansquare.com

Facebook: fb.com/namangansquare.uz

Instagram: @namangansquare.uz

Telegram: t.me/themjdevelopers

Telegram-bot: @mjdevelopers_bot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid