Jamiyat | 18:37 / 17.03.2022
2340
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda chaqalog‘ini 20 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

2001 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining uchinchi farzandini tuqqach, uni 20 million so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan

Illyustrativ foto

DXX Angor tumani bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan tumanning O‘zbekiston mahallasida yashovchi A.N.ning arizasi asosida 2022 yil 12 mart kuni soat 17:30 da tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Denov tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan M.A. viloyat perinatal markazida tug‘ilgan Madina ismli qiz farzandini fuqaro A.N.ga sotish maqsadida avvaldan kelishilgan 20 million so‘mni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda hali tug‘ilmagan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan, Sirdaryoda esa chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qilgandi.

Mavzuga oid