O‘zbekiston | 09:00 / 28.03.2022
5099
4 daqiqa o‘qiladi

Yashil makon: PepsiCo'ning O‘zbekistondagi botleri International Beverages Tashkent ham ezgu tashabbus ishtirokchisi

Foto: PepsiCo

Ma’lumki, 2021 yilning noyabr oyida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi ishga tushirilgan edi. Bundan maqsad, tabiat boyliklarini asrab-avaylash, ekologik xilma-xillikni ta’minlashdir.

Hukumatimizning atrof-muhit muhofazasi borasidagi ushbu siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi botleri International Beverages Tashkent ham ezgu tashabbusga hissa qo‘shishni maqsad qildi. Xususan, kompaniya tashabbusi bilan shu yilning 10-17 mart kunlari Jizzax, Qarshi, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlarida daraxt ekish tadbirlari tashkillashtirildi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, daraxtzor hududlarni ko‘paytirish orqali iqlim o‘zgarishining oqibatlarini bartaraf etish, o‘simliklarni saqlash, tiklash hamda ko‘paytirish muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish ushbu aksiyaning asosiy maqsadidir. 

Tadbir davomida daraxtlar duch kelgan joyga emas, chuqur o‘ylab, mulohaza yuritilgan holda ekildi. Asosan, shifo maskani, ta’lim muassasasi kabi ijtimoiy ahamiyatli bino va inshootlar yon-atrofidagi hududlarga ko‘chatlar o‘tqazildi. Zero, bolalar va bemorlar bor joyda yashil hudud kengaytirilishining ahamiyati katta.

Daraxtlar har bir viloyatning iqlim sharoitiga moslab tanlangan — bu ko‘chatlarning kelgusida yaxshi unib-o‘sishi uchun muhimdir. Zero, kompaniya ekilgan har bir daraxtning keyingi taqdiriga mas’uliyat hissi bilan yondashadi. Ular qurib qolmasligi, kelgusida ham yaxshi parvarishlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Aksiya davomida daraxt ekish bilan birga, tabiat va atrof-muhitni asrashga qaratilgan boshqa sa’y-harakatlar ham amalga oshirildi. Misol uchun, chiqindi tashlash uchun maxsus ko‘p qismli konteynerlar o‘rnatilganini olaylik. Sir emaski, mamlakatimizda chiqindini qayta ishlash sanoati hali u qadar rivojlanmagan. Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak? Keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish zarur. Negaki, chiqindini qayta ishlash borasidagi eng muammoli masala uni saralash tartibi yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Biz, odamlar chiqindini shunchaki uloqtirishga emas, qog‘ozni alohida, plastikni alohida, temir-tersakni alohida joyga tashlashga odatlansak, asta-sekinlik bilan chiqindini qayta ishlash sanoati rivojiga erishish mumkin. 

Daraxt ekish aksiyasi doirasida yoshlar interaktiv tadbirlarga jalb etildi, ishtirokchilarga PepsiCo'ning O‘zbekistondagi botleri International Beverages Tashkent kompaniyasining esdalik sovg‘alari va xush kayfiyat uchun Pepsi ichimliklari ulashildi. 

Aksiya ishtirokchilarining ezgu maqsad yo‘lida birlashganligi ularning ko‘tarinki kayfiyati va maroq bilan ishlashidan ham yaqqol sezilib turdi. Quvonarlisi, aksiyada ko‘pchilik oila a’zolari, farzandlari bilan birga ishtirok etdi.  

Ular bugun ekilayotgan ko‘chatlar kelgusida go‘zal va ko‘rkam daraxtlarga aylanishi, shaharlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, havoni kislorod bilan boyitishini o‘ylab, ushbu tashabbusga astoydil hissa qo‘shishga intilishdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida o‘tkazilgan ushbu aksiya kompaniya uchun davomiy ahamiyatga ega. Chunki ona tabiatni asrash, daraxtzorlarni ko‘paytirish va o‘simliklarni parvarishlash International Beverages Tashkent kompaniyasining dolzarb ijtimoiy vazifalaridan biri sanaladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid