Jahon | 15:31 / 30.03.2022
15572
1 daqiqa o‘qiladi

MDH hududida zaxira valuta sifatida yuandan foydalanish taklif qilindi

Leonid Anfimovning fikricha, "dollar davri tugadi va bu valuta 2025 yilga borib o‘z mavqeyini sezilarli darajada yo‘qotadi". 

Foto: Shutterstock

MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevro o‘rniga Xitoy yuanidan foydalanishi mumkin, dedi MDH ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov.

"Menimcha, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdoda milliy valutalar yoki hamdo‘stlik tarkibidagi mamlakatlarga nisbatan nodo‘stona harakatlar qilmayotgan davlatlar valutasiga o‘tish o‘zini to‘liq oqlaydi. Bu birinchi navbatda yuan hamda dollar va yevro o‘rniga zaxira valuta sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa valutalardir", - dedi Anfimov. 

Anfimovning fikricha, "dollar davri tugadi va bu valuta 2025 yilga borib o‘z mavqeyini sezilarli darajada yo‘qotadi". 

Avvalroq rossiyalik investorlarning yuanga qiziqishi oshgani xabar qilingandi

Mavzuga oid