Uzbekistan Airways Namangan va Krasnoyarsk o‘rtasida «to‘liq ekonom» rejimida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Namangandan Krasnoyarskka parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qilmoqda.
2022 yil 29 mart kuni «Sharqiy» hab loyihasi doirasida Uzbekistan Express Namangan – Krasnoyarsk – Namangan xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirgan.
Ushbu yo‘nalishdagi muntazam aviaqatnovlar «to‘liq ekonom» formatida seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Namangandan uchish - 17:35 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka yetib borish - 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Krasnoyarskdan uchish - 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Namanganga yetib kelish - 01:55 (Toshkent vaqti bilan).
Namangan – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 388 069 so‘mdan, Namangan – Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 433 304 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 29 mart holatiga ko‘ra amal qiladi.
Bundan oldin Toshkentdan Dehliga parvozlar soni oshirilgandi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024