O‘zbekiston | 15:59 / 01.04.2022
8955
1 daqiqa o‘qiladi

Norboyeva hamkasblari Matviyenko va Ashimbayevlar bilan uchrashdi

Uchrashuv Olmaota shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi yig‘ilishi doirasida tashkil qilingan.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva joriy yil 29 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va parlamentlararo munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida parlament delegatsiyasi rahbari Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.

Unda parlamentlararo hamkorlikning gender tenglikni ta’minlash, yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda birgalikda amalga oshiriladigan ishlar ham muhokama qilingan.

Mavzuga oid