Andijonda temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan stansiya boshlig‘i ushlandi
Andijon viloyatining Izboskan tumani temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydoni sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Poytug‘ temiryo‘l stansiyasi” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.A. “M.” fermer xo‘jaligi rahbari va uning akasiga Izboskan tumani temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydonlari hisobidan jami 0,20 gektar yer maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishi orqali ajratib berish va kelgusida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:13 / 20.12.2024
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
21:54 / 17.12.2024
Janubiy Koreya Toshkent-Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:33 / 13.11.2024