Uzbekistan Airways samolyoti Domodedovoga favqulodda qo‘ndi. Bortda bomba borligi haqida xabar berilgan
Minskdan Toshkentga uchgan havo kemasi portlash xavfi ostida ekani to‘g‘risida anonim xabar kelib tushgan. Tekshiruvda davomida bu xabar tasdig‘ini topmagan.
Uzbekistan Airways’ning Belarus poytaxti Minskdan Toshkentga uchgan Airbus A-320 rusumli samolyoti bort «minalashtirilgani» to‘g‘risidagi anonim xabardan so‘ng Moskvadagi Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib TASS xabar berdi.
«Minskdan Toshkentga qatnovni amalga oshirayotgan Airbus A-320 havo kemasi portlash xavfi ostida ekanligi to‘g‘risida anonim xabar kelib tushdi. Shu munosabat bilan samolyot komandiri Domodedovo aeroportiga qo‘nishni amalga oshirdi», degan agentlik suhbatdoshi.
Uzbekistan Airways matbuot xizmati vakili Kamola Ikromovaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni paytda samolyot to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilgan. Xabar tasdig‘ini topmagan. Bortida 104 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot tez orada Toshkentga parvozni davom ettiradi.
Shu yilning yanvar oyida Uzbekistan Airways samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani xabar qilingandi.
O‘shanda voqeaga kuchli qor va bo‘ron sabab bo‘lgani aytilgan.
Mavzuga oid
13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024