O‘zbekiston | 07:43 / 13.04.2022
4544
2 daqiqa o‘qiladi

Daryo transportida davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamenti belgilandi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining «Daryo transportida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Ma’muriy reglament kemalarni ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, o‘zgartirish kiritish va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi. 

Bundan tashqari, u quyidagilar to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga oladi:

  • kemalarni qurish, yangidan jihozlash, ta’mirlash va ulardan foydalanish davrida texnik ko‘rikdan o‘tkazish, kemalarning texnik loyiha hujjatlarini kelishish;
  • kemani dastlabki, navbatdagi, navbatdan tashqari va har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
  • kemani qurish, yangidan jihozlash va ta’mirlash davrida texnik nazorat olib borish;
  • texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish;
  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tartibi.

Ichki suv yo‘llarida foydalanishda bo‘lgan kemalar (sport kemalaridan tashqari) hududiy kemachilik registri inspektorlari tomonidan ro‘yxatga/qayta ro‘yxatga olinadi va tegishli texnik ko‘riklardan o‘tkaziladi.

Harbiy katerlarning texnik holatini aniqlash zarurati paydo bo‘lganda shartnomaga asosan katerlar ham texnik ko‘rikka taqdim etilishi mumkin.

Texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • kemalarning texnik holatini samarali nazorat qilishni tashkil etish;
  • kemalar va jihozlarning texnik holatini texnik hujjatlarga muvofiqligiga baho berish;
  • kemalarning xavfsiz suzishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etish;
  • kemalarda avariya holatini oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish;
  • kemalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samarasini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqishda kema egalariga ko‘maklashish.

Mavzuga oid