Erondan Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi
Bitiklar Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Mashhadning Toyinobod shahrida qurdirgan masjid devoriga yozib qoldirilgan. Ko‘p hukmdor va arboblar bu masjidga borib namoz o‘qishni sharaf deb bilgan.
Turizm va madaniy meros vazirligining ma’lum qilishicha, Toyinobod shahridagi masjiddan topilgan bitiklar Madaniy meros agentligi direktori o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev va Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Mansur Isroilovning Eronga safari davomida aniqlangan.
Tursunali Qo‘ziyevga ko‘ra, Eronning shimoli-g‘arbida Temuriylar davrining ko‘plab madaniy meros obidalari bor. Amir Temur Eronga tashrifi davomida Mashhad provinsiyasidagi Toyinobod shahrida shayx Abu Bakr Zayn-ul Obiddin Toyyibiniy bilan uchrashgan va u bilan do‘stlashib qolgan. Bu do‘stlik hurmati uchun Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Toyinobod shahrida masjid qurdirgan.
“Ko‘p hukmdorlar va taniqli arboblar bu masjidga kelib namoz o‘qishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. Masjidning devorida yuqori martabali mehmonlar uchun hurmat devori bo‘lib, u yerda mehmonlar o‘z tilaklari yoki bitiklarini yozib qoldirgan. Ularni ko‘zdan kechirayotib, ajoyib yangilik – Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy bitiklarini kashf etdik”, – degan Qo‘ziyev.
Ma’lum qilinishicha, bitiklarni ilmiy jihatdan o‘rganish davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024