Jahon | 15:29 / 15.04.2022
9780
1 daqiqa o‘qiladi

Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashidan o‘rin oldi

Ta’kidlanishicha, Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxobodning turk olami bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Foto: AA

Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiy davlatlar tashkilotining Oqsoqollar kengashi tarkibiga kiritildi. Bu haqda tashkilot kotibiyatiga tayanib “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.

«Kotibiyat Gurbanguli Berdimuhammedovning Oqsoqollar kengashiga a’zo bo‘lgani bilan faxrlanadi va uning donoligi, tajriba va bilimi Kengash salohiyatini boyitishiga, tashkilot nufuzini oshirishda muhim rol o‘ynashiga ishonadi», - deyiladi tashkilot bayonotida. 

Ta’kidlanishicha, «Turkmaniston oqsoqoli» Gurbanguli Berdimuhammedovning tashkilotdagi hissasi Ashxobodning turk olami bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kuchaytirish uchun yangi turtki beradi.  

Turkmaniston 2021 yilda Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi davlat maqomini olgan.

Mavzuga oid