O‘zbekiston | 14:45 / 15.04.2022
33486
2 daqiqa o‘qiladi
Kelasi hafta boshlarida kuchli yomg‘ir kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin
18-20 aprel kunlari respublikada beqaror ob-havo kutilmoqda.
18–20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18–20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:
- 19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19–20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19–20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
Shuningdek, 18–20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda.
18 aprelda ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kuzatiladi. 19–20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.