Rossiyani tark etgan kompaniyalar 180 mingdan ortiq xodimiga maosh to‘lashda davom etmoqda
Maosh olishda davom etayotgan eng ko‘p xodimlar McDonald's, Renault va Carlsberg kompaniyalarida.
Rossiya bozorini tark etgan xorij kompaniyalari rossiyalik 188 ming nafar xodimiga maosh to‘lashda davom etmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, maosh olishda davom etayotgan eng ko‘p xodimlar McDonald's, Renault va Carlsberg kompaniyalarida.
Ta’kidlanishicha, xorij kompaniyalaridan maosh olayotgan rossiyalik xodimlarning haqiqiy soni ancha ko‘p. Ayrim yirik ish beruvchilar, xususan, KFC Yum Brands va Coca-Cola xodimlariga oylik to‘lashda davom etayotgani haqida ma’lum qilmagan.
IKEA may oyi oxiriga qadar maosh to‘lashni davom ettirishini bildirgan. Kompaniya xodimlarni bo‘shatish masalasida aniq javob bermagan. Levi’s ijrochi direktori Chip Berg kompaniya 800dan ortiq xodimiga oylik berishda davom etayotganini aytdi.
Bundan tashqari, Boston Consulting Group, Linklaters va McKinsey kabi kompaniyalar o‘z xodimlarini boshqa mamlakatlardagi ofislariga ko‘chirmoqda.
Shu bilan birga, agar kompaniyalar yaqin istiqbolda o‘z faoliyatlarini tiklamaydigan bo‘lsa, ishlab chiqarish, chakana va iste’mol sektoridagi xodimlar ish joylarini yo‘qotishlari mumkin.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024