O‘zbekiston | 07:35 / 22.04.2022
10617
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda endi yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar qildi.

Foto: t.me/MyGovUz

Qayd etilishicha, buning uchun «My.gov.uz» orqali «Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish xizmati»dan foydalanib, ariza qoldiriladi. 

Ma’lum qilinishicha, yo‘qotilgan buyum 2 oy mobaynida tegishli axborot tizimlari orqali qidiriladi.

Shu muddat ichida buyum topilmasa, bazaviy hisoblash miqdorining 4 foizi miqdorida to‘lov to‘lab, yo‘qolgan ashyo topilmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

Bundan oldin IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatilgani xabar qilingandi

Mavzuga oid