Jahon | 17:00 / 23.04.2022
11326
1 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirusga qarshi Pfizer tabletkalarini tavsiya qildi 

Ma’lumot berilishicha, uch marta o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari davomida ushbu preparat koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi samaradorligini ko‘rsatgan.

Foto: Pfizer

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yengil va o‘rtacha shakllari bilan og‘rigan bemorlarga Pfizer kompaniyasining Paxlovid tabletkalarini "qat’iyan tavsiya qildi".

JSSTning ma’lumot berishicha, uch marta o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari davomida ushbu preparat koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi samaradorligini ko‘rsatgan.

Pfizer tabletkasini AQShning FDA tibbiyot regulyatori ham ma’qullagan.

Shu bilan birga, JSST koronavirusga qarshi vaksinalar taqsimlanishidagi tengsizlik kambag‘al davlatlarni yana “navbatning oxiriga surib qo‘yishi”dan xavotir bildirgan.

Mavzuga oid