O‘zbekiston | 12:18 / 26.04.2022
6231
2 daqiqa o‘qiladi

IIV Qoraqalpog‘istonda bir guruh qizlar o‘zlari tengi qizni do‘pposlab, samosud qilishganiga izoh berdi

Nukusda bo‘lgan voqeada 5 nafar qiz bitta qizni o‘rtaga olib, do‘pposlagan. “Samosudchi qizlar” darhol topilgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqda bir guruh qizlar o‘zlari tengi qizni do‘pposlab, samosud qilishgani aks etgan video tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kun.uz’ga videoda aks etgan holat shu yilning mart oyida Nukus shahrida yuz berganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV holat haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB tomonidan tezkor surishtiruv olib borilgan.

Unda fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2022 yilning 7 mart kuni soat taxminan 21:00 lar chamasida Nukus shahrida yashovchi Yu.S., J.D., K.A., M.D. hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G.lar bilan o‘zaro gap talashib qolishgan. Har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan va bunga chiday olmagan L.A. S.Yu. bilan janjallashgan vaqtida S.Yu.ning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A.ni urib do‘pposlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan oldin Nukusda talonchilik jinoyatlarini sodir etgan 13 nafar shaxs qo‘lgan olingandi.

Mavzuga oid